Янгиликлар
Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish kuchaytiriladi
Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish kuchaytiriladi
“O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimcha kiritish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-71-son, 24.02.2024 y.) qabul qilindi.
Unga ko’ra 2025-yil 1-martdan yil yakunigacha Qurolli Kuchlarning kontrakt bo'yicha xizmat qilayotgan, amaldagi sarf-xarajatlar doirasida turarjoy bilan ta'minlanmagan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilariga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun:
Toshkent shahrida – BHMning 4,8 baravarigacha miqdorda;
Nukus shahri va viloyatlar markazlarida – BHMning 3,6 baravarigacha miqdorda;
boshqa shaharlar, tuman markazlari va aholi punktlarida – BHMning 2,4 baravarigacha miqdorda har oylik pul kompensatsiyasi to'lovlari belgilandi.
Oila a'zolari 3 kishi va undan ortiq bo'lgan taqdirda harbiy xizmatchilarning ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi.
2026-yildan har yili har oylik pul kompensatsiyasi to'lovlari miqdori hududlar kesimida turarjoy ijarasining bozor narxlaridan kelib chiqqan holda, Hukumat qarori bilan belgilab boriladi.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti S.Marifov