Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish Qoidalari belgilandi


Havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish

Qoidalari belgilandi

Qonunchilikka ko‘ra, parvoz tashuvchi tomonidan belgilangan aniq vaqtdan kechiksa, tashuvchi yo‘lovchiga yetkazilgan zararni qoplashi shart. (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 29-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2238) Zarar miqdori parvoz kuponi narxidan kelib chiqqan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi.

Yo‘lovchiga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi tomonidan quyidagi bepul qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatiladi:

bir marotaba telefon orqali gaplashish yoki telegramma yuborish yoki boshqa aloqa xizmatlaridan foydalanishni ta’minlash;

parvozgacha kutish davrida yoki transportning boshqa turi orqali tashishgacha bo‘lgan vaqtda oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan ta’minlash;

tashuvchi qoidalarida belgilangan muddat kutish vaqtidan ko‘ra ko‘proq bo‘lsa, mehmonxona bilan ta’minlash;

kutish vaqtida transport orqali aeroportdan vaqtinchalik yashash joyigacha eltib qo‘yish va qaytishni ta’minlash;

chiptada nazarda tutilgan tutash reyslarga kechikish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                I.Roziqov