Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Homilador ayollar uchun “Onalar maskani” xizmati yo’lga qo’yiladi


Homilador ayollar uchun “Onalar maskani” xizmati yo’lga qo’yiladi

Qonunchilikka ko’ra, og’ir hayotiy vaziyatda va yaqin qarindoshlari ko’magisiz qolganligi natijasida farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo’lgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida 2025-yil 1-fevraldan boshlab “Onalar maskani” xizmati yo`lga qo`yiladi. (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.11.2024 yildagi PF-185-sonli Farmoni)

“Onalar maskani”da:

og’ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalar va ularning bolalari (4 yoshga to’lmagan) 1 yilgacha bo’lgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan ta’minlanadi;

og’ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko’rsatiladi, ularda onalik va kasbiy ko’nikmalar shakllantiriladi;

"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari og’ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini ta’minlashga ko’maklashadi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                    I.Roziqov