Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha biotexnik tadbirlar o‘tkazish tartibi belgilandi


Hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha biotexnik tadbirlar o‘tkazish tartibi belgilandi

 

Hukumat qarori (31-son, 22.01.2025 y.) bilan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha biotexnik tadbirlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha biotexnik tadbirlarni o‘tkazish tartibini belgilaydi.

Bundan tashqari nizom biotexnik tadbirlar doirasida quyidagilarni nazarda tutadi:

o‘tkazish maqsadi va usullari;

rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi;

o‘tkaziladigan hududlar hamda ularni o‘tkazish bo‘yicha talablar;

o‘tkazish yakunlarini monitoring qilish va ularning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani rasmiylashtirish;

moliyalashtirish tartibi.

Shuningdek, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha biotexnik tadbirlar belgilangan sxemaga muvofiq o‘tkaziladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                              I.Roziqov