Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi


Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi

 

Hukumat qarori (26-son, 21.01.2025 y.) bilan “Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

xavfli ishlab chiqarish ob’yektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tartibi, muddatlari va ularni amalga oshiruvchi tashkilotlar;

xavfli ishlab chiqarish ob’yektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi, muddatlari, attestatsiya turlari hamda attestatsiyadan o‘tkaziladigan xodimlar toifalari;

attestatsiya komissiyasining tarkibini shakllantirish va faoliyatini tashkil etish;

attestatsiya natijalari bo‘yicha appelyasiya berish va uni ko‘rib chiqish qoidalari.

Xodimlar davriy attestatsiyadan quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar xodimlari, ularning markaziy attestatsiya komissiyalari raislari va rais o‘rinbosarlari – besh yilda bir marta;

muhandis-texnik xodimlar, shuningdek, attestatsiya komissiyalari a’zolari – uch yilda bir marta;

xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanuvchi tashkilotlarda faoliyat yuritadigan boshqa ishchi-xodimlar – bir yilda bir marta.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                              I.Roziqov