Янгиликлар
Injenerlik maktablari tashkil etiladi
Injenerlik maktablari tashkil etiladi
“Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-20-son, 22.01.2025 y.) qabul qilindi
Qarorga muvofiq, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalariga yuqori texnologiyali ishlab chiqarish ob’yekti foydalanishga qabul qilingan sanadan e’tiboran 3 yil muddatga quyidagi soliq imtiyozlari beriladi:
foyda solig‘ining nol darajali stavkasini qo‘llash;
mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod etish.
Elektrotexnika sohasida investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ommaviy savdolar orqali sotib olinadigan davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning ko‘chmas mulk ob’yektlari bo‘yicha to‘lovlarini 10 yilgacha muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga rozilik beriladi.
Jizzax viloyatidagi 1-son politexnikumi hamda Toshkent viloyatidagi Ohangaron shahar politexnikumi huzurida injenerlik maktablari tashkil etiladi.
2025–2027 yillarda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning mahalliy kapital bozorida qisqa (1 yilgacha) va o‘rta (5 yilgacha) muddatli obligatsiyalarini joylashtirish va xalqaro kapital bozorlarida 2 ta tarmoq korxonasining yevroobligatsiyalarini chiqarish hisobiga resurs jalb qilishga ruxsat beriladi.
Elektrotexnika mahsulotlari eksportini yanada jadallashtirish uchun yangi “Eltechexport” moliyalashtirish liniyasi joriy etiladi.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti I.Roziqov