Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan pullik xizmatlar ko‘rsatiladi


Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan pullik xizmatlar ko‘rsatiladi

“O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan pullik xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3602, 21.01.2025 y.)

Nizom Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida shartnoma asosida pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Institut quyidagi faoliyat turlari bo‘yicha pullik xizmat ko‘rsatadi:

ekspertlik faoliyati;

ilmiy-tadqiqot faoliyati;

noshirlik faoliyati;

matbaa faoliyati.

Buyurtmachi xizmat ko‘rsatishni so‘rab Institutga yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.

Institutga murojaat kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida buyurtmachi va Institut o‘rtasida ikki nusxada xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuziladi.

Xizmatlar preyskuranti (narxlari) Institut tomonidan bozor kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda tasdiqlanadi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                              I.Roziqov