Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlash tizimi takomillashtiriladi


Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlash tizimi takomillashtiriladi

 

“Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy jihozlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori (PQ-408-son, 29.11.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko’ra, 2025-yil 1-yanvardan belgilangan tartib va ro’yxatga asosan quyidagi dori vositalari va tibbiy buyumlarning davlat xaridini to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar asosida amalga oshirishga ruxsat etiladi:

original dori vositalari (ularning ishlab chiqaruvchisi yoki rasmiy yetkazib beruvchisi orqali);

yopiq turdagi laboratoriya uskunasi uchun maxsus reagent, reaktiv va sarflov vositalari;

shoshilinch va tez tibbiy yordam ko’rsatish uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar.

“O’zmedimpeks” va “Tibbiyot texnikalariga xizmat ko’rsatish o’quv-ishlab chiqarish markazi” davlat muassasalari negizida Sog’liqni saqlash vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Xaridlar markazi hamda Markazning 13 ta hududiy filiali tashkil etiladi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti sog’liqni saqlash tizimida dori vositalari va tibbiy buyumlar xaridining qonuniyligi va maqsadliligini ta’minlash, ularning manzilli yetkazilishi ustidan qat’iy nazorat o’rnatadi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig’i                                                                        A.Toshmatjonov