Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Xorijdagi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari samarali himoya qilinishi kuchaytiriladi



Xorijdagi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari samarali himoya qilinishi kuchaytiriladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O’RQ-1009-son, 04.12.2024 y.) bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga qo’shimchalar va o’zgartirish kiritildi.

Qonun bilan kodeks xorijiy davlat sudining qarori tan olinishi va ijroga qaratilishini, ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o’tashni davom ettirish uchun, shuningdek o’ziga nisbatan tibbiy yo’sindagi majburlov chorasi qo’llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun, qabul qilib olishni hamda xorijiy davlatga berishni nazarda tutuvchi yangi bob bilan to’ldirilmoqda.

Shuningdek, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni va o’ziga nisbatan tibbiy yo’sindagi majburlov choralari qo’llanilgan shaxslarni qabul qilib olish hamda berish asoslari, sud jarayoni ishtirokchilarining protsessual maqomi belgilanmoqda.

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig’i                                                                        A.Toshmatjonov