Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini boshqarish tizimi yanada soddalashtiriladi


Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini boshqarish tizimi yanada soddalashtiriladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O’RQ-1010-son, 05.12.2024 y.) bilan “Maxsus iqtisodiy zonalar to’g’risida”gi Qonunga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.

Qonunga maxsus iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengashlarini tugatib, ularning vazifalarini maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalarining zimmasiga yuklatishni nazarda tutuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilmoqda.

Bundan tashqari Qonunda maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish bo’yicha qarorlar qabul qilish muddatlarini maqbullashtirish va investitsiya loyihalarining biznes-rejalari yoki texnik-iqtisodiy asoslariga ekspertiza xulosalari olish talabi bekor qilinib, loyihalarning belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risidagi xulosa maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinishi haqidagi normani belgilash nazarda tutilmoqda.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig’i                                                                        A.Toshmatjonov