Янгиликлар
Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada osonlashadi
Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada osonlashadi
“O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Hukumat qarori (847-son, 18.12.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko’ra, 5 turdagi davlat xizmatlari proaktiv tarzda hamda 6 turdagi davlat xizmatlari kompozit tarzda ko’rsatish yo’lga qo’yilmoqda.
Bunda:
Quyidagi davlat xizmatlarini proaktiv tarzda ko’rsatish yo’lga qo’yilmoqda:
elektr energiyasini hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan o’tkazish;
tabiiy gazni hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan o’tkazish;
ichimlik suvini hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan o’tkazish;
issiq suvni hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan o’tkazish;
xususiy bandlik agentliklarini Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish.
Proaktiv davlat xizmati – jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarisiz vakolatli organlar tashabbusi bilan ko'rsatiladigan davlat xizmatlari.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Boshlig’i A.Toshmatjonov