Янгиликлар
Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada osonlashadi
Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada osonlashadi
O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Hukumat qarori (847-son, 18.12.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko’ra, 5 turdagi davlat xizmatlari proaktiv tarzda hamda 6 turdagi davlat xizmatlari kompozit tarzda ko’rsatish yo’lga qo’yilmoqda.
Bunda:
Quyidagi davlat xizmatlarini kompozit tarzda ko’rsatish yo’lga qo’yilmoqda:
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazish va ushbu manzilga doimiy yashash joyi bo’yicha ro’yxatga qo’yish;
ko’chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo’yish va ushbu manzilga vaqtincha turgan joyi bo’yicha ro’yxatga qo’yish;
davlatga tegishli bino yoki inshootni bir yildan kam bo’lmagan muddatga ijaraga berish va ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazish;
“E-auksion” elektron savdo platformasida ko’chmas mulk obyektlarini sotish va ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish;
tibbiy faoliyat uchun litsenziya bilan birga rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma olish;
xavfli yuklarni tashish uchun sig’imlarning yaroqliligi to’g’risida xulosa bilan birga yadroviy va radioaktiv materiallar, radiatsiya manbalari, radioaktiv chiqindilar va qurilmalarni tashish shartlari va usullarining sanitariya qoidalariga muvofiqligi to’g’risida xulosa olish.
Kompozit davlat xizmati – jismoniy va yuridik shaxslarning bitta murojaati asosida vakolatli organlar tomonidan ko’rsatiladigan ikki va undan ortiq davlat xizmatlari majmuasi.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Boshlig’i A.Toshmatjonov