Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Chet elda yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasiga kelmay turib, pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilishi mumkinmi?


Chet elda yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasiga kelmay turib, pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilishi mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 oktyabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandiga asosan, pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza qonunchilikka muvofiq pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan uning yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.

Pensiya tayinlanadigan shaxs balog‘atga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz bo‘lgan taqdirda, ariza yoki so‘rovnoma uning qonuniy vakili tomonidan beriladi.

Shaxs yoki qonuniy vakil pensiya tayinlashni so‘rab o‘zi uchun eng qulay bo‘lgan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga bevosita tashrif buyurgan holda ariza berish, pochta orqali ariza berish, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazlari orqali (DXM) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan (YaIDXP) ro‘yxatdan o‘tgan holda so‘rovnomani to‘ldirib murojaat qilish huquqiga ega.

Demak chet elda yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari pensiya tayinlashni so‘rab O‘zbekiston Respublikasiga kelmay turib ham pochta orqali ariza yoki elektron tarzda so‘rovnoma yuborish yo‘li bilan murojaat qilishga haqli

Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM boshlig`i A.Iskandarov