Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Nogironligi bo‘lgan shaxs yoki o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanadimi?


Nogironligi bo‘lgan shaxs yoki o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanadimi?

 

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasi d)-kichik bandiga asosan, I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha bo‘lgan, nogironligi bor bolaga, shuningdek (davolash muassasasining xulosasiga ko‘ra) o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.10.2022 yildagi 592-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 61-bandiga asosan, I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki

18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaga, shuningdek, 80 yoshga to‘lgan keksalarga qarab turish vaqti:

qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomasi;

nogironlikda bo‘lganlikni (I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar va nogironligi bo‘lgan bolalar uchun), yoshni (keksalar va nogironligi bo‘lgan bolalar uchun) tasdiqlaydigan hujjatlar va o‘zganing parvarishi zarurligi to‘g‘risida (keksalar uchun) davolash muassasasining tibbiy xulosasi asosida belgilanadi.

Qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomasi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xodimlaridan va shaxslardan so‘rab chiqish, shuningdek, ularning qo‘shnilaridan so‘rab chiqish asosida Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan tuziladi.

I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 80 yoshga to‘lgan keksalarga qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomalarini rasmiylashtirishning davriyligi har 12 oyga belgilanadi. Qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomalari

I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs yoki 80 yoshga to‘lgan keksalarning ma’lumotlari saqlanayotgan pensiya ishiga tikib qo‘yiladi va/yoki Pensiya jamg‘armasining axborot tizimida ro‘yxatga olinadi hamda axborot tizimiga yuklanadi va qarab turgan shaxsga pensiya tayinlashda ish stajiga kiritish uchun asos hisoblanadi.

Qarab turishning holati nogironligi bo‘lgan bolani o‘z qaramog‘iga olgan oilaning a’zosi uchun ham tatbiq qilinadi.

Qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomalari mavjud bo‘lmaganda qarab turish holati sudning qarori asosida belgilanadi.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM boshlig`i A.Iskandarov