Янгиликлар
Davlat qaysi holatda alimentni qarzdorning o‘rniga to‘lab beradi?
Davlat qaysi holatda alimentni qarzdorning o‘rniga to‘lab beradi?
Hukumat qarori bilan davlat faqat birgina holatda — voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs o‘rniga alimentni to‘lab beradi.
Hukumatning 2022 yil 3 avgustdagi qarori bilan Aliment to‘lovlari jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, qaysi holatda bolalarga Aliment to‘lovlari jamg‘armasidan aliment to‘lash tartibi belgilab berildi. Nizomga ko‘ra, Jamg‘arma mablag‘lari voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan qarzdorga nisbatan tatbiq etiladi. Bunda ushbu jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplab berish uchun jamg‘arma mablag‘laridan undiruvchiga biryo‘la to‘lanadi.
Aliment to‘lovlarini qoplab berish uchun majburiy ijro harakatini amalga oshirgan davlat ijrochisining aliment to‘lovlarini qoplab berish to‘g‘risidagi qarori asos bo‘ladi.️
Aliment to‘lovlari qaror olingan kundan boshlab 2 ish kunida amalga oshiriladi.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM boshlig`i A.Iskandarov