Янгиликлар
Nikoh shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish tartibi qanday?
Nikoh shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish tartibi qanday?
O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 32-moddasiga asosan Nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Nikoh shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uning o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi ham shunday shaklda amalga oshiriladi.
Nikoh shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi. Nikoh shartnomasi er-xotindan birining talabi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida belgilangan asoslar va tartibda sudning hal qiluv qarori bilan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Nikoh tugatilgan paytdan boshlab nikoh shartnomasining amal qilishi ham tugaydi, nikoh shartnomasida nikoh tugatilganidan keyingi davr uchun nazarda tutilgan majburiyatlar bundan mustasno.
Bekobod tuman Adliya bo’limi YXKM bosh yuriskonsulti X.M.Rizaqulov