Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Organik va organik-mineral o'g'itlar xavfsizligi to'g'risidagi texnik reglamentning yangi tahriri tasdiqlandi


Organik va organik-mineral o'g'itlar xavfsizligi to'g'risidagi texnik reglamentning yangi tahriri tasdiqlandi

 

Hukumat qarori bilan (9-son, 11.01.2025 y.) Vazirlar Mahkamasining qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Qarorga ko'ra, Vazirlar Mahkamasining 729-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi:

O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Vazirlar Mahkamasi huzuriga o'tkazilganligi munosabati bilan uning faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini o'zaro muvofiqlashtirish;

Organik va organik-mineral o'g'itlar xavfsizligi to'g'risidagi texnik reglamentni yangi tahrirda bayon etish;

Organik va organik-mineral o'g'itlar xavfsizligi to'g'risidagi texnik reglamentni joriy etish sxemasini tasdiqlash.

Shuningdek, qarorga ko'ra yangi tahrirda bayon etilgan “Organik va organik-mineral o'g'itlar xavfsizligi to'g'risida"gi texnik reglament 2025-yil 1-maydan e'tiboran kuchga kirishi belgilandi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Jamolov Samandar