Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Ayrim ta'lim tashkilotlari oshxonalari tadbirkorlarga “E-auksion” orqali ijaraga beriladi


Ayrim ta'lim tashkilotlari oshxonalari tadbirkorlarga “E-auksion” orqali ijaraga beriladi

 

        Hukumat qarori bilan (8-son, 11.01.2025 y.) Vazirlar Mahkamasining qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

          Qarorga ko'ra, Vazirlar Mahkamasining 132-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi: umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasbiy ta'lim tashkilotlari oshxonalarini tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali tanlov asosida ijaraga berish;

·        “online-ijara.uz” axborot tizimi orqali ta'lim tashkilotlari oshxonalarining hisobini yuritish va ularni ijaraga berish;

·        ta'lim tashkilotlarida sog'lom ovqatlanish tashkil etilishini monitoring va nazorat qilish;

·        respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari nomlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish.

 

✅ Quyidagi talablarga javob beradigan ijaraga oluvchilar tanlovda ishtirok etishlari mumkin:

tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun davlat ro'yxatidan o'tgan;

umumiy ovqatlanish bo'yicha kamida 6 oy davomida faoliyat yuritayotgan;

oshxona faoliyati yo'nalishi bo'yicha maxsus jihozlarga ega bo'lgan;

shartnoma va sud hujjatlari bo'yicha zimmasida ijara hamda soliq to'lovlaridan qarzdorligi mavjud bo'lmagan.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Tojiqulova   Nazokat