Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

“Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi


“Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi

 

Nizom qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida aksiyalar, korporativ obligatsiyalar, infratuzilma obligatsiyalari va qimmatli qog‘ozlarning hosilalarining oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi o‘z mijozlariga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:

yuridik va jismoniy shaxslardan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotishga buyurtmalarni qabul qilish va ularning qanoatlantirilishi uchun buyurtmaning shartlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratish;

qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha savdolarni tashkil etish;

qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulk huquqlarini o‘tkazishni rasmiylashtirish uchun barcha zaruriy harakatlarni ta’minlash;

qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlarini ro‘yxatdan o‘tkazish;

BTST (birjadan tashqari savdolar tizimi)da muomalada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar kotirovkasi haqida ma’lumot berish;

qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar bo‘yicha o‘zaro majburiyatlarni aniqlash va hisobga olish (kliring).

Fond birjasining birja kotirovkalash varag‘ida mavjud bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari uyushgan bozoridagi savdolarga qo‘yilishi mumkin.

Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish elektron shaklda amalga oshiriladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Abdug’apparov Abbos