Янгиликлар
Qonunchilikka ko'ra….
Qonunchilikka ko'ra….
Yo'lovchi tashish poezdida (shaharlararolardan tashqari) yo'lovchiga sotib olingan chiptaga binoan joy taqdim qilinmaganda, yo'lovchi talabiga binoan jo'nash stansiyasi tomonidan dalolatnoma tuziladi va bu dalolatnoma asosida unga zudlik bilan chipta uchun pullar to'liq qaytariladi.
Shuningdek, yo'lovchiga o'sha yo'lovchi tashish poezdining o'zida quyi toifa vagonida joy taqdim qilinganda, poezdda yurish uchun olingan summa va o'sha vagonda taqdim etilgan joyning haqiqiy qiymati orasidagi farq qaytariladi.
Chiptalar sotish avtomatlashtirilgan tizimi orqali berilgan chiptalar bo'yicha to'lov qaytarish, ular qaysi stansiyada rasmiylashtirilganligidan qat'i nazar, har qanday stansiyada amalga oshiriladi.
Bo’ka tumani adliya bo’limi
YXKM bosh yuriskonsulti
Abdug’apparov Abbos