Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Turkiston jadidlar harakati asoschisining tavalludi nishonlanadi.


Turkiston jadidlar harakati asoschisining tavalludi nishonlanadi.

      

         Prezident qaroriga ko'ra, 2025-yilda Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi keng nishonlanishi belgilangan.

          Shuningdek, chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan bo'lib, unda quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratilishi ko'zda tutilgan:

       ▪mutafakkir adibning “Tanlangan asarlar” to'plami, uning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan ilmiy-ommabop kitoblarni nashrga tayyorlash va chop etish;

         ▪2025-yil oktabr oyida “Mahmudxo'ja Behbudiy merosi va jadidlik harakatini o'rganishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilish;

     ▪2025-yil noyabr oyida Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag'ishlangan tantanali adabiy-ma'rifiy xotira kechasini o'tkazish.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti