Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Sug'urtalovchilar reytingini aniqlash tartibi belgilandi


Sug'urtalovchilar reytingini aniqlash tartibi belgilandi

 

“Sug'urtalovchilar reytingini aniqlash va yuritish tartibi to'g'risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami 3601, 20.01.2025 y.)

Nizom sug'urtalovchi yoki qayta sug'urtalovchilarning sug'urta xizmatlari ko'rsatilishi sifati bo'yicha reytingini aniqlash va yuritish tartibini belgilaydi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mazkur sohada vakolatli davlat organidir.

Reyting Agentlikning Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida shakllantiriladi va rasmiy veb-saytida har oyning 10 sanasida yangilangan holda e'lon qilib boriladi.

Sug'urtalovchi quyidagi ko'rsatkichlar asosida davriylikda baholanadi:

▪umumiy ko'rsatkichlar;

▪ballarni kamaytiruvchi ko'rsatkichlar;

▪qo'shimcha ball beruvchi ko'rsatkichlar

Reyting ma'lumotlari bo'yicha sug'urtalovchining e'tirozlari mavjud bo'lganda, o'z shaxsiy kabineti orqali vakolatli davlat organiga murojaat qiladi.

Sug'urtalovchi tomonidan baholash ko'rsatkichi yuzasidan bildirilgan e'tirozlar taqdim etilgan kundan boshlab vakolatli organ tomonidan 5 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM boshlig’i      

Niyozov Abdurasul