Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Kambag'al oilalar a'zolarini kasb-hunarga o'qitish xarajatlarini qoplab berish bo'yicha vaucher tizimi joriy qilinadi


Kambag'al oilalar a'zolarini kasb-hunarga o'qitish xarajatlarini qoplab berish bo'yicha vaucher tizimi joriy qilinadi

Aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-12-son Prezident qarori Qaroriga ko'ra, 2025-yil 1-fevraldan kasblarga o'qitish maqsadida ajratiladigan stipendiyalar nogironligi bo'lgan shaxslarga, shuningdek, muddati 3 oydan ko'p davom etadigan o'quv kurslariga qabul qilingan Kambag'al oilalar reyestridagi oilalarning ishsiz a'zolariga to'lanadi.

2025-yil 1-maygacha ishsiz aholini, shu jumladan, ustuvor ravishda kambag'al oilalar a'zolarini kasb-hunarga o'qitish xarajatlarini qoplab berish bo'yicha vaucher tizimi joriy qilinadi.

Mazkur tizim 2025-yil 1-fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan o'tkaziladi.

Mahallalarda kambag'al oila a'zolarining ishlash ishtiyoqini va tashabbuskorligini oshirishga qaratilgan “Farovon hayotga ilk qadam”, “Ishonch” loyihalari va “Ma'rifat orqali kambag'allikni qisqartirish” dasturi amalga oshiriladi.

 

 

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Tojiqulova   Nazokat