Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Kriminogen vaziyat og'ir hududlardagi profilaktika bo'linmalarida ma'muriy amaliyot guruhlari faoliyati yo'lga qo'yiladi


Kriminogen vaziyat og'ir hududlardagi profilaktika bo'linmalarida ma'muriy amaliyot guruhlari faoliyati yo'lga qo'yiladi

     Qarorga muvofiq, viloyatlar markazlari va kriminogen vaziyat og'ir tuman (shahar)lar mahallalarida profilaktika kichik inspektori faoliyati yo'lga qo'yiladi. Kichik inspektor mehnat migrantlari, maktab bitiruvchilari va talabalar bilan ishlaydi.

     Ichki ishlar organlarida migratsion profilaktika bo'linmalari, tumanlararo ma'muriy konvoy guruhlari tashkil qilinadi.

      Sinov tariqasida kriminogen vaziyat og'ir hududlardagi profilaktika bo'linmalarida ma'muriy amaliyot guruhlari faoliyati yo'lga qo'yiladi va ular jinoyat ishi qo'zg'atishni rad etishga oid hujjatlarni o'rganib, tarkibida ma'muriy huquqbuzarlik bo'lgan holatlar yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtiradi.

      Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yo'lga qo'yiladi. Unga profilaktika (katta, kichik) inspektorlari, xotin-qizlar masalalari bo'yicha, probatsiya, yo'l harakati xavfsizligi va patrul-post xizmatlari inspektorlari hamda tezkor-qidiruv xizmati xodimi kiritiladi, Milliy gvardiya qo'riqlash bo'linmalarining naryadlari xizmat olib borishi tashkil etiladi.

      Natijada – 5 tagacha mahalla mikrohududga birlashtiriladi va jinoyatchilik oldini olish bo'yicha tezkor harakatlanish tizimi yaratiladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM boshlig’i      

Niyozov Abdurasul