Янгиликлар
Huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasi samaradorligi oshiriladi
Huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasi samaradorligi oshiriladi
Ijtimoiy profilaktika – huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli bo'lganlarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa yordam ko'rsatish.
✔Ijtimoiy profilaktikani samarali amalga oshirish uchun:
ma'muriy huquqbuzarlik “E-ma’muriy ish”da ro'yxatdan o'tganda huquqbuzar (jabrlanuvchi)larga avtomatik ijtimoiy profilaktikani amalga oshirish bo'yicha xulosa ijroga qaratiladi;
har bir xulosa ijrosi ustidan kunlik nazorat o'rnatiladi;
har bir xulosa ijrosi ustidan kunlik nazorat o'rnatiladi “mahalla yettiligi” va ko'maklashuvchilarning faoliyati (KPI) ijtimoiy profilaktika natijalari asosida baholanadi.
Mahalla raisi “mahalla yettiligi” va mahallaga biriktirilgan davlat organlari bilan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini tashkil etadi
Kriminogen vaziyati og'ir mahallalarda kamida ikkitadan “namunali xavfsiz ko'cha” va beshtadan “namunali xavfsiz yo'lak”lar tashkil qilinadi.
✔ "Namunali xavfsiz ko'cha” va “namunali xavfsiz yo'lak”larni tashkil qilgan, kriminogen vaziyati barqarorlashgan “mahalla yettiligi” va sektor rahbarlari hokimliklar tomonidan mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan qo'shimcha moddiy rag'batlantiriladi.
Bo’ka tumani adliya bo’limi
YXKM bosh yuriskonsulti
Tojiqulova Nazokat