Янгиликлар
Xorijiy tilni S1 darajada biladigan talabalarga ishlashga ruxsat etiladi
Xorijiy tilni S1 darajada biladigan talabalarga ishlashga ruxsat etiladi
Yoshlarni xorijiy tillarga oʼqitish tizimi samaradorligini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident Qarori (PQ-239-son, 27.06.2024 y) muvofiq, 2024-yil 1-oktabrdan boshlab:
Yoshlar ishlari agentligi har yili xususiy oʼquv markazlarining Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimidagi reytingini tuzadi hamda rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boradi;
reyting natijalariga koʼra olis va chekka hududlarda faoliyat koʼrsatuvchi eng yuqori koʼrsatkichga ega 100 ta xususiy oʼquv markazining taʼlim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara toʼlovi xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi.
2024–2026 yillarda oliy taʼlim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi taʼlim yoʼnalishi boʼyicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida S1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy oʼrta, oʼrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida oʼqituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.
2024/2025 oʼquv yilidan ota-onalar va oʼquvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida chet tili sifatida nemis, frantsuz, koreys, xitoy va yapon tillarini oʼqitishni yoʼlga qoʼyiladi.
2025 yil 1 yanvargacha ingliz tili, keyingi yillarda boshqa xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni oʼrgatish boʼyicha dunyoning yetakchi markazlari, oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʼlga qoʼyiladi hamda ularning xalqaro taʼlim standartlariga mos taʼlim dasturlari “Ibrat farzandlari” va “Ustoz” loyihalariga tatbiq etiladi.
Angren shahar YXKM bosh yuriskonsulti
Raimjonova Nilufar Ikromjon qizi