Янгиликлар
Аyrim yoshlar til oʼrganganligi uchun moddiy ragʼbatlantiriladi
Аyrim yoshlar til oʼrganganligi uchun moddiy ragʼbatlantiriladi
Yoshlarni xorijiy tillarga oʼqitish tizimi samaradorligini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident Qaroriga (PQ-239-son, 27.06.2024 y) muvofiq
➖imtihon topshirish xarajati qoplanadigan xalqaro imtihon tizimlari boʼyicha ingliz, nemis, frantsuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan kamida S1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarni imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilishga qoʼshimcha ravishda oʼqish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming soʼm) miqdorida bir martalik moddiy ragʼbatlantirish tizimi joriy etiladi;
➖2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-yanvargacha yoshlarning nemis, frantsuz, koreys, xitoy va yapon tillari boʼyicha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan toʼplanishi lozim boʼlgan ballning (sertifikat darajasining) minimal koʼrsatkichi bir pogʼona pasaytiriladi.
Shuningdek, umumiy oʼrta taʼlim muassasalarining sinf xonalarini taʼlim jarayonidan boʼsh vaqtda kasb-hunar va xorijiy tillarni oʼqitish faoliyatini amalga oshirish uchun toʼgʼridan-toʼgʼri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi bilan xususiy oʼquv markazlariga berishga ruxsat etiladi.
Bunda tegishli umumiy oʼrta taʼlim muassasalarining roʼyxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Angren shahar YXKM bosh yuriskonsulti
Raimjonova Nilufar Ikromjon qizi