Янгиликлар
04
Ta’til berishning umumiy tartibi
Ta’til berishning umumiy tartibi
- Yillik asosiy ta’til birinchi ish yili uchun olti oy ishlangandan keyin xodimning yozma arizasiga asosan beriladi. Ta’lim muassasalari o‘qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilinish vaqtidan qa’tiy nazar yozgi ta’tillar paytida ishlangan vaqtiga qarab ta’til beriladi.
- Ta’til har yili, shu ta’til berilayotgan ish yili tugagunga qadar berilishi lozim.
- Ishlab chiqarish tusidagi sabablarga ko‘ra joriy yilda ta’tilni to‘liq berish imkoni bo‘lmagan alohida hollarda, xodimning roziligi bilan ta’tilning 12 ish kunidan ortiq bo‘lgan qismi keyingi ish yiliga ko‘chirilishi mumkin, shu yili undan albatta foydalanilishi lozim.
- 18 yoshga to‘lmagan xodimlarga yillik ta’tilni, shuningdek yillik qo‘shimcha ta’tillarni bermaslik taqiqlanadi.
- Yillik asosiy ta’til ikkinchi va undan keyingi ish yillari uchun ta’tillar kalendarь yil boshlangunga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq belgilanadi.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish markaz boshlig’i O.R.Raximberdiyev