Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Sud hokimiyati va uning tizimi


Sud hokimiyati va uning tizimi

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasi davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish printsipini joriy etdi.

Sudning vazifalari — O‘zbekiston Respublikasida sud O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishga da’vat etilgan. Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir.

Sud tizimi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;

harbiy sudlar;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudi

fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari;

jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari;

tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari;

tumanlararo ma’muriy sudlari faoliyat ko‘rsatadi.

Sud hokimiyatining mustaqilligi kafolatlari

O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.

Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanadi.

Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas.

Sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa biron-bir faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin emas.

Sudya vakolat muddati tugagunga qadar sudyalik vazifasidan qonunda ko‘rsatilgan asoslar bo‘lgandagina ozod etilishi mumkin.

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish markaz boshlig’i                                    O.R.Raximberdiyev