Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Mehnat haqi shartlarini o‘zgartirish


                    Mehnat haqi shartlarini o‘zgartirish

Mehnatga haq to‘lash shartlari  xodimning roziligi  bilan yoki roziligisiz  o‘zgartirilishi  mumkin.

Mehnatga  haq to‘lashning shartlarini xodim uchun noqulay tomonga o‘zgartirishga uning roziligi bilan amalga oshiriladi.

Quyidagi hollarda xodimning roziligisiz mehnatga haq to‘lash shartlari o‘zgartirilishi mumkin:

· texnologiyada, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishi natijasida avvalgi shartlarini saqlab qolish mumkin bo‘lmasa;

· qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda yo‘l qo‘yilishi mumkin.

Bo‘lajak o‘zgartirish haqida xodim kamida 2 oy oldin ogohlantiriladi.

Mehnat haqidan ushlab qolish

Xodimning mehnat haqidan ushlab qolish uning yozma roziligi bilan yoki sudning qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.

Xodimning roziligisiz mehnat haqidan quyidagi hollarda ushlab qolinishi mumkin.

· belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish uchun;

· sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;

· oldindan berilgan maqsadli pullar bo‘yicha hisob-kitob qilish hamda ortiqcha to‘langan summani qaytarib olish uchun;

· mehnat ta’tili bo‘yicha hisob-kitob qilish uchun;

· xodim tomonidan ish beruvchiga etkazilgan zararni qoplash uchun;

· intizomiy jazo tariqasida tayinlangan jarimani undirish uchun.

 

Angren shahar yuridik markazi

bosh yuristkonsulti:                                                              S.Siradjiddinova