Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari


“Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra amaliyot bo‘yicha mehnat munosabatlarini tashkil etish quyidagicha amalga oshiriladi:

Talaba bilan muddatli mehnat shartnomasini tuzishda talabaning tegishli kasbiy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha nazariy tayyorgarlik darajasi, oliy ta’lim tashkilotidan biriktirilgan amaliyot rahbarining tavsiyasi hisobga olinadi.

Amaliyotning birinchi kunida tarmoq korxonasining vakolatli xodimi har bir talabaga mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi masalalari bo‘yicha alohida ko‘rsatmalar berishi shart.

Muddatli mehnat shartnomasi asosida tarmoq korxonasi talaba amaliyotini o‘tashi uchun buyruq qabul qiladi.

Talaba bilan muddatli mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan asoslar va tartibga ko‘ra bekor qilinadi.

Talabaning amaliyot o‘tashi uchun sinov muddati belgilanmaydi.

Talabalarni ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etishga, shuningdek, ishlanmaydigan bayram va dam olish kunlarida ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Talabalarning ish joyi amaliyotning barcha bosqichlarida tarmoq korxonasi xodimlarining ish joylariga qo‘yiladigan talablarga mos kelishi kerak.

 

O`rta Chirchiq tuman Yuridik xizmatko`rsatish markazi boshlig`i A.Mirzayev