Янгиликлар
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Bosh prokuraturaning «Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda va jinoyatlarni tergov qilish davomida aniqlangan kripto-aktivlarni olib qo‘yish, xatlash, saqlash hamda topshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida»gi qo‘shma buyrug‘i qabul qilindi (25.12.2024-y. AV ro‘yxat raqami 3591-son).
Kripto-aktivlar bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga oid ma’lumotlar va dalillar quyidagilarda aniqlanishi mumkin:
axborot tashuvchi qurilmalar;
kripto-hamyonlar (masalan, “Ledger”, “Trezor”, “KeyepKey”, “Coldcard”, “Bitlox”, “Blochstech” va boshqalar);
qog‘oz, bloknot yoki boshqa narsa va buyumlarda qayd etilgan qo‘lyozma va yozuvlar.
Mazkur narsa va buyumlar olib qo‘yilayotganda mutaxassis ishtirokida ko‘zdan kechiriladi hamda ashyoviy, yozma yoki raqamli dalil sifatida e’tirof etilishi mumkin.
Kripto-aktivlar bilan bog‘liq huquqbuzarliklar haqidagi ma’lumotlarni aniqlash bilan bir qatorda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
axborot tashuvchi qurilmalarning xotirasini ko‘zdan kechirish;
kripto-hamyon manzili bo‘yicha ma’lumotlarning taqsimlangan reyestrini tahlil qilish;
sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasini tayinlash;
qonunchilikda belgilangan tartibda xizmatlar provayderlariga tegishli so‘rovlarni yuborish;
bank siri bilan bog‘liq ma’lumotlarni olish bo‘yicha so‘rovlar yuborish.
Kripto-aktivlarni olib qo‘yish ularni surishtiruv hamda dastlabki tergov organlarining kripto-hamyon manziliga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
O`rta Chirchiq tuman Yuridik xizmatko`rsatish markazi boshlig`i A.Mirzayev