Янгиликлар
Vazirlar Mahkamasining 27.11.2023-yildagi
Vazirlar Mahkamasining 27.11.2023-yildagi “Mol-mulkni boshqa shaxsga o’tkazish uchun qo’yilgan taqiqlarni (xatlovlarni) bekor qilish jarayonlarining soddalashtirilishi munosabati bilan Boshqa shaxsga o’tkazish taqiqlab yoki xatlab qo’yilgan mol-mulklar elektron ma’lumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish to’g’risidagi nizomga o’zgartirishlar va qo’shimcha kiritish to’g’risida”gi 626-son qarori qabul qilindi.
Notarius notarial arxiv saqlovida bo’lgan hujjatlar bilan bog’liq taqiqni (xatlovni) bekor qilishi mumkin.
Notarial tasdiqlangan garov (ipoteka) shartnomasi bo’yicha majburiyatlar to’liq bajarilgan taqdirda mol-mulkni boshqa shaxsga o’tkazishga taqiq bekor qilinganligi haqidagi ma’lumotlar:
2019-yil 1-yanvarga qadar qo’yilgan bo’lsa – notarius yoki tegishli notarial arxiv mudiri tomonidan;
2019-yil 1-yanvar va undan keyin qo’yilgan bo’lsa – tegishli bank yoki kredit tashkiloti tomonidan elektron ma’lumotlar bankiga kiritiladi.
Bank va kredit tashkilotlarining taqiqni bekor qilish haqidagi xabarnomasi elektron ma’lumotlar bankiga elektron shaklda yuborilishi mumkin. Bunda xabarnomada:
mol-mulkni boshqa shaxsga o’tkazishga taqiq qo’yilishiga asos bo’lgan notarial tasdiqlangan bitimning reyestr raqami va sanasi;
taqiq bekor qilinishi lozim bo’lgan mol-mulk haqidagi ma’lumotlar (identifikator);
bank yoki boshka kredit tashkilotining STIRi ko’rsatilishi zarur.
Mol-mulkni boshqa shaxsga o’tkazishni taqiqlab yoki xatlab qo’yish, shuningdek, uni bekor qilishda to’lov undirilmaydi, notarius tomonidan taqiq (xatlov) bekor qilinadigan hollar bundan mustasno
O`rta Chirchiq tuman Yuridik xizmatko`rsatish markazi boshlig`i A.Mirzayev