Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi
. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 33-bandiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarosiga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish chog‘ida quyidagi holatlarda ota-onadan birining roziligi talab qilinmaydi:
ota-onaning biri vafot etganda;
boquvchisi yolg‘iz ona bo‘lgan hollarda;
bolaning ota-onasidan biri xorij fuqarosi bo‘lganida;
ota-onadan biri sud tomonidan ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan, bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud muomalaga layoqasiz deb topilganida;
ota-onadan birining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxati xorijga doimiy yashashga ketganligi munosabati bilan bekor qilinganida.
O`rta Chirchiq tuman Yuridik xizmatko`rsatish markazi boshlig`i A.Mirzayev