Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

“Cyber university” davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-14-son, 20.01.2025 y.) qabul qilindi.


. “Cyber university” davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-14-son, 20.01.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, “Cyber university” davlat universiteti tashkil etiladi.

Axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash Universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Universitet to‘liq akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv jihatdan mustaqil bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi va bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom beriladi.

Universitetda o‘quv jarayoni 2025 yil sentyabr oyida boshlanadi.

O`rta Chirchiq tuman Yuridik xizmatko`rsatish markazi boshlig`i A.Mirzayev