Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Hukumat qarori (26-son, 21.01.2025 y.) bilan “Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to


Hukumat qarori (26-son, 21.01.2025 y.) bilan “Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, xodimlar davriy attestatsiyadan quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

-xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar xodimlari, ularning markaziy attestatsiya komissiyalari raislari va rais o‘rinbosarlari – besh yilda bir marta;

-muhandis-texnik xodimlar, shuningdek, attestatsiya komissiyalari a’zolari – uch yilda bir marta;

-xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanuvchi tashkilotlarda faoliyat yuritadigan boshqa ishchi-xodimlar – bir yilda bir marta.

O`rta Chirchiq tuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

bosh yuriskonsulti A.Ibragimov