Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

. “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi 05.09.2024-yildagi O‘RQ-955-son Qonun bilan


.“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi 05.09.2024-yildagi  O‘RQ-955-son Qonun bilan   Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarga boshqa fuqarolar bilan teng ravishda odil sudlovdan foydalanishini ta’minlashi, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarning sud prosessining barcha bosqichlarida, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida bevosita yoki bilvosita ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan choralarni ko‘rishi belgilangan.

Davlat, shuningdek, saylov uchastkalarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning barcha toifalari, shu jumladan eshitish, ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan, o‘rindiqli aravachalardan foydalanuvchi shaxslar ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlashi kerak. Shuningdek, Qonunda nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan muloqot qilish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan muloqot shakllarini, shuningdek ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarning ularga moneliksiz kirishi uchun moslashtirish asoslarini belgilovchi me’yorlar belgilandi.

 O`rta Chirchiq tuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

bosh yuriskonsulti A.Ochilboyev