Янгиликлар
.“Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”
“Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Prezidentning 2024-yil 5-sentyabrdagi PQ-311-son qarori qabul qilindi. Davlat tibbiy sug‘urtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish va dori vositalarini taqdim etish Davlat byudjetiga to‘lanayotgan soliqlar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda aholidan sug‘urta uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi.
Shu bilan birga, tibbiyot tashkilotlari faoliyatidagi jarayonlarni o‘z ichiga oluvchi boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiya qilinadigan “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimi ishga tushiriladi.
Kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishga davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb etiladi. Bunda tuman (shahar), viloyat va respublika shifoxonalarida bepul davolanadigan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlanadi.
Imtiyozli toifadagi shaxslar shifokor ko‘rsatmasiga binoan axborot tizimi orqali shakllantiriladigan yo‘llanma asosida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bepul davolanadi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi,
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom va boshqalar.
O`rta Chirchiq tuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ochilboyev