Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2024-yil 11-sentyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2024-yil 11-sentyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-136-son Farmoni qabul qilindi. Farmonga asosan, kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga mas’ul bo‘lgan Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi kiritilmoqda. Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligining shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan Bosh prokuraturaning tuzilmasida 7 ta shtat birligidan iborat Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida qonunchilik ustidan nazorat boshqarmasi tashkil etilishi belgilangan.
Yangi kiritilayotgan Bosh prokuror o‘rinbosari zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:har haftada kamida bitta tuman(shahar)ga borib, kambag‘al oilalarni reyestrga kiritish va chiqarishning haqqoniyligini o‘rganish, kambag‘al oilalarga berilayotgan mablag‘lar egasiga manzilli yetib borishini nazorat qilish, kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagan mas’ullarga nisbatan qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini ta’minlash, ijtimoiy himoya va kambag‘allikni qisqartirish sohasida qabul qilinayotgan qonunlar talablari, Prezidentning Farmon va qarorlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish.
O`rta Chirchiq tuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti A.Ochilboyev