Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-avgustdagi 486-son "Mahallalarda aholi muammolarini aniqlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-avgustdagi 486-son "Mahallalarda aholi muammolarini aniqlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

2024-yil 1-oktyabrdan boshlab fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va hal qilish bilan "Mahalla yettiligi" vakillari yagona so‘rovnoma asosida shug‘ullanadi. U "Raqamli mahalla" platformasida joylashtiriladi. "Mahalla yettiligi" foydalanayotgan mavjud elektron platformalar "Raqamli mahalla" platformasi bilan integratsiya qilinadi.

Hujjat bilan Yagona so‘rovnoma asosida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va hal qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:

yagona so‘rovnoma asosida aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha mas’ul davlat organlari va tashkilotlarning majburiyatlari;

so‘rovlarni o‘tkazish bosqichlari va usullari;

"mahalla yettiligi" reytingini yuritish va "Raqamli mahalla" platformasida ishlash tartiblari.

Fuqarolar muammolarini yagona so‘rovnoma yordamida o‘rganish quyidagi hollarda tashkil etiladi:

fuqaroning murojaati asosida;

"eshikma-eshik" yurish natijalari bo‘yicha;

boshqa fuqarolarning shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy yordam (xizmat)ga ehtiyoji to‘g‘risida xabar berishi

O`rta Chirchiq tuman Yuridik  xizmat ko`rsatish markazi

bosh yuriskonsulti A.Ochilboyev