Янгиликлар
05.09.2024-yildagi O‘RQ-955-son Qonun bilan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi
05.09.2024-yildagi O‘RQ-955-son Qonun bilan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonunga nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylash va saylanish, referendumda ishtirok etish, shuningdek ta’lim olish huquqlarini ta’minlash uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarga boshqa fuqarolar bilan teng ravishda odil sudlovdan foydalanishini ta’minlashi, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarning sud prosessining barcha bosqichlarida, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida bevosita yoki bilvosita ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan choralarni ko‘rishi kerak.
Tuzatishlarga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida bevosita yoki o‘z vakillari orqali ishtirok etish, shu jumladan ularning saylash va saylanish hamda referendumlarda ishtirok etish huquqi ta’minlanadi.
Davlat, shuningdek, saylov uchastkalarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning barcha toifalari, shu jumladan eshitish, ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan, o‘rindiqli aravachalardan foydalanuvchi shaxslar ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlashi kerak.
Shuningdek, Qonun nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan muloqot qilish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan muloqot shakllarini, shuningdek ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarning ularga moneliksiz kirishi uchun moslashtirish asoslarini belgilovchi me’yorlar bilan to‘ldirildi.
O`rta Chirchiq tuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti A.Ochilboyev