Янгиликлар
O‘zbeiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2024-yildagi 169-sonli “Xulosa berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Jismoniy va yuridik shaxslarga xulosalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamenti tasdiqlanmoqda.
Shuningdek 17 ta turdagi xulosalarni berish bo‘yicha pasportlar tasdiqlanmoqda, ular qatorida quyidagilar bor:
magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini qurish, ulardan foydalanish hamda ularni ta’mirlashda sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida;
bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida;
dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish bo‘yicha va boshqalar.
2024-yil 1-maydan xulosalar davlat xizmatlari markazlari va YAIDXP orqali beriladi.
Taqdim etilgan xulosalar ro‘yxati “Lisenziya” axborot tizimida yuritiladi.
O`rta Chirchiq tuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev