Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Ona tili va adabiyoti hamda tarix fani o‘qituvchilariga 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.


Ona tili va adabiyoti hamda tarix fani o‘qituvchilariga 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, 21.02.2024 yildagi PF-37-son “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq 2025 yil 1-yanvardan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida dars beruvchi ona tili va adabiyoti hamda tarix fani o‘qituvchilariga 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilandi. Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tarix, ona tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.

 

Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi

Bosh yurskonsult: U.Bo’riyev