Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Qanday hollarda mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishni taqiqlanadi.


Qanday hollarda mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishni taqiqlanadi.

Mehnat kodeksining 163-moddasiga muvofiq Mehnat shartnomasini quydagi hollarda ish beruvchi o’z tashabbusiga ko’ra bekor qilolmaydi:

1) ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilmagan asoslar bo‘yicha;

2) ushbu Kodeksning mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash talabini buzadigan;

3) xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlarida, u mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lgan davrlarda;

4) xodim davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan davrda;

5) xodim xizmat safarida bo‘lgan davrda;

6) homilador ayollar va uch yoshgacha bolasi bo‘lgan xodimlar uchun kafolatlar berishni nazarda tutadigan talablarga rioya qilmasdan ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish taqiqlanadi.

Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish uchun cheklovlar tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) o‘z muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga binoan tugatilganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyat tugatilganda qo‘llanilmaydi.

 

Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi

Bosh yurskonsult: U.Bo’riyev