Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi kimlarga nisbatan majburiy tartibda belgilanganligi haqida bilasizmi?


.Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi kimlarga nisbatan majburiy tartibda belgilanganligi haqida bilasizmi?

Mehnat Kodeksiga muvofiq ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sog‘lig‘ining holati, mehnat shartlari, mehnat vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari va boshqa holatlar hisobga olingan holda qonunchilikka hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq mehnatga to‘lanadigan haqni kamaytirmasdan ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilanadi.

Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi quyidagilarga majburiy tartibda belgilanadi:

o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlarga (bunday yoshdagi xodimlar Ish vaqtining davomiyligi o‘n oltidan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan, o‘n beshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun esa haftasiga yigirma to‘rt soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi. O‘quv yili davomida o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlayotgan o‘quvchilarning ish vaqti davomiyligi tegishli yoshdagi shaxslar uchun nazarda tutilgan ish vaqti eng ko‘p davomiyligining yarmidan oshishi mumkin emas.);

I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga (I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi. I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun kunlik ishning (smenaning) davomiyligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga muvofiq belgilanadi, lekin olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida — yetti soatu o‘ttiz daqiqadan ortib ketmasligi kerak.);

noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarga (Mehnat jarayonida zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari ta’siriga duchor bo‘ladigan xodimlarga haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilanadi.);

ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy, asabiy zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lgan tibbiyot xodimlariga, pedagoglarga va boshqa toifadagi xodimlarga (bunday xodimlarga ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan o‘ttiz olti soat qilib belgilanadi);

uch yoshgacha bo‘lgan bolaning budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda ishlaydigan ota-onasidan biriga (vasiysiga) (ushbu toifadagi xodimlarga  haftasiga o‘ttiz besh soatdan oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanadi.)

Bundan tashqari ish beruvchi va xodim o’rtasidagi kelishuvga ko’ra ish vaqtining davomiyligi yanada kamaytirilishi mumkin.

 

Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi

Bosh yuriskonsult: U.Bo’riyev