Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Mehnat qonunchiligi bo’yicha xodimning ish beruvchida saqlanayotgan o‘zining shaxsga doir ma’lumotlari himoya qilinishini ta’minlashga doir qanday huquqlari borligini bilasizmi?


Mehnat qonunchiligi bo’yicha xodimning ish beruvchida saqlanayotgan o‘zining shaxsga doir ma’lumotlari himoya qilinishini ta’minlashga doir qanday huquqlari borligini bilasizmi?

Mehnat kodeksining 179-moddasiga muvofiq ish beruvchida saqlanayotgan shaxsga doir ma’lumotlarining himoya qilinishi huquqlarga ega:

o‘zining shaxsga doir ma’lumotlari va ushbu ma’lumotlarga ishlov berish to‘g‘risida to‘liq axborot olish;

o‘zining shaxsga doir ma’lumotlaridan erkin bepul foydalanish, shu jumladan xodimning shaxsga doir ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan har qanday yozuvning ko‘chirma nusxalarini olish huquqi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;

o‘zining shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilish uchun vakil belgilash;

sog‘lig‘ining holatini aks ettiruvchi tibbiy hujjatlardan foydalanish;

shaxsga doir noto‘g‘ri ma’lumotlarni chiqarib tashlash, to‘g‘rilash yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni, shuningdek ushbu Kodeks yoki boshqa qonun talablarini buzgan holda ishlov berilgan ma’lumotlarni to‘ldirish to‘g‘risida talab qilish;

ilgari xodimning noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan shaxsga doir ma’lumotlari o‘ziga xabar qilingan barcha shaxslarga ushbu ma’lumotlarda amalga oshirilgan barcha istisnolar, tuzatishlar yoki to‘ldirishlar haqida ish beruvchi tomonidan xabar qilinishi to‘g‘risida talab qilish;

o‘zining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish va ularni himoya qilish chog‘ida ish beruvchining barcha g‘ayriqonuniy qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish, shu jumladan sudga ham shikoyat qilish.

Ish beruvchi xodimning shaxsga doir ma’lumotlarini chiqarib tashlashni, tuzatishni yoki to‘ldirishni rad etgan taqdirda, u ish beruvchiga o‘zining tegishli asosga noroziligi haqida yozma shaklda ma’lum qilish huquqiga ega.

Mehnat kodeksining 177-moddasiga asosan xodimning o‘zining shaxsga doir ma’lumotlari himoya qilinishini rad etishini nazarda tutuvchi yoki xodimning o‘zining shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilish sohasidagi holatini qonunchilikka nisbatan yomonlashtiruvchi mehnat shartnomasining, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi boshqa kelishuvlarning shartlari, ichki hujjatlarning qoidalari haqiqiy emasdir.

Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi

Bosh yuriskonsult: U.Bo’riyev