Янгиликлар
Umumiy belgilangan yoshni, ya’ni erkaklar uchun 60 yosh, ayollar uchun esa 55 yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqingiz borligini bilasizmi?
Umumiy belgilangan yoshni, ya’ni erkaklar uchun 60 yosh, ayollar uchun esa 55 yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqingiz borligini bilasizmi?
Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunning 11-moddasiga muvofiq oxirgi ish joyidan qat’i nazar, quyidagilar ushbu Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni, ya’ni erkaklar uchun 60 yosh, ayollar uchun esa 55 yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar:
a) yerosti ishlarida, mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar (2-sonli ro‘yxat, I qism):
erkaklar — ish staji kamida 20 yil bo‘lib, bundan kamida 10 yili ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda;
ayollar — ish staji kamida 15 yil bo‘lib, bundan kamida 7 yilu 6 oyi ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda.
Yer osti ishlaridagi mehnat staji erkaklarda 10 yildan kam va ayollarda 7 yilu 6 oydan kam bo‘lgan hollarda xodimlarga bu ishlardagi har bir to‘liq yil uchun pensiya yoshi 1 yilga qisqartiriladi.
Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda — erkaklar kamida 5 yil, ayollar kamida 3 yil 9 oy — ishlagan xodimlarga pensiya yoshi shunday ishda band bo‘lingan har bir to‘liq yil uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi;
b) sirklar va konsert tashkilotlari artistlarining ayrim toifalari ijodiy ishdagi staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda (“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun asosida belgilangan jadvaldagi shaxslar uchun) qisqartiriladi.
Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi
Bosh yuriskonsult: A.Kazimbayev