Янгиликлар
Birinchi ish yili uchun xodimga ishga kirganiga olti oy o‘tguniga qadar xodimning xohishiga ko‘ra ham har yilgi mehnat ta’tili berilishi mumkinligi haqida bilasizmi?
Birinchi ish yili uchun xodimga ishga kirganiga olti oy o‘tguniga qadar xodimning xohishiga ko‘ra ham har yilgi mehnat ta’tili berilishi mumkinligi haqida bilasizmi?
Mehnat kodeksining 227-moddasida shunday shaxslar toifasi borki, ushbu toifaga kiriuvchi shaxslar uchun ishga kirganiga 6 oy to’lmasdan ham har yilgi mehnat ta’tili xodimning xohishiga ko’ra berilishi kerak. Bunday toifaga quydagi shaxslar kiradi:
ayollarga — homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan oldin yoki undan keyin;
o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bitta yoki undan ortiq bolani (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani) tarbiyalayotgan shaxslarga (yolg‘iz ota-onaga, shu jumladan beva ayollarga, beva erkaklarga, nikohdan ajralganlarga, muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning xotinlariga, ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarga);
o‘n sakkiz yoshdan kichik bo‘lgan shaxslarga;
rezervga bo‘shatilganidan keyin uch oydan kechiktirmay ishga kirgan muddatli harbiy xizmatni o‘tagan sobiq harbiy xizmatchilarga;
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari bo‘yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga;
ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotganlarga, agar ular o‘zining har yilgi mehnat ta’tilini imtihonlar, sinovlar (zachyotlar) topshirish, bitiruv malakaviy ishlarini, magistrlik dissertatsiyalarini, kurs, laboratoriya ishlarini va boshqa o‘quv ishlarini bajarish vaqtiga to‘g‘rilab olishni xohlasa;
jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida yoxud ichki hujjatlarda belgilangan boshqa hollarda boshqa xodimlarga.
Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi
Bosh yuriskonsult: A.Kazimbayev