Янгиликлар
Har yilgi mehnat ta’tilini pulli kompensatsiya bilan almashtirish mumkinligini va qanday toifadagi xodimlar esa bundan mustasno ekanligini bilasizmi?
Har yilgi mehnat ta’tilini pulli kompensatsiya bilan almashtirish mumkinligini va qanday toifadagi xodimlar esa bundan mustasno ekanligini bilasizmi?
Mehnat kodeksining 234-moddasiga muvofiq Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.
Xodimlarga ish davrida ularning xohishiga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili uchun ta’tilning Mehnat kodeksi bilan belgilangan eng kam davomiyligidan tashqari pulli kompensatsiya to‘lanishi mumkin. (Ma’lumot uchun har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi yigirma bir kalendar kunni tashkil etadi.)
Quydagi toifadagi xodimlar har yilgi mehnat ta’tilini pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo’l qo’yilmaydi. Jumladan, O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlarga, I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga beriladigan ijtimoiy ta’tillarning barcha turlaridan, har yilgi uzaytirilgan asosiy mehnat ta’tillaridan, shuningdek qo‘shimcha ta’tillardan asli holida foydalaniladi hamda mehnat davrida ularni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi
Bosh yuriskonsult: A.Kazimbayev