Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Mehnat kodeksiga muvofiq ish beruvchi uchun sportchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun qanday asoslar yetarli bo’lishini bilasizmi?


Mehnat kodeksiga muvofiq ish beruvchi uchun sportchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun qanday asoslar yetarli bo’lishini bilasizmi?

Mehnat Kodeksining 503-moddasida nazarda tutilgan quyidagi hollar sportchi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos bo‘lishi mumkin:

1) olti oy va undan ko‘p muddatga sportdan chetlashtirilganlik;

2) xalqaro dopingga qarshi tashkilotlar tasdiqlagan dopingga qarshi qoidalarning sportchi tomonidan buzilganligi, shu jumladan bir marta buzilganligi.

Mehnat shartnomasini sportchining tashabbusi bilan bekor qilish to‘g‘risidagi ogohlantirish muddatining davomiyligi mehnat shartnomasi taraflari tomonidan tegishli sport turi yoki turlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi sport federatsiyalarining (assotsiatsiyalarining) tavsiyalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi belgilaydigan muddatlar inobatga olingan holda aniqlanadi.

 

Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi

Bosh yuriskonsult: A.Kazimbayev